SHAFFOF VA ODDIY
So‘zlaringiz
o‘zingizniki.
Bu sahifa Ravonning veb demosiga tegishli. Android ilovasi uchun nashrga tayyor maxfiylik siyosati alohida tekshiriladi.
Demo matni
Siz kiritgan matn sahifa ochiq turgan paytda brauzer xotirasida qoladi. U serverga yuborilmaydi, cookie, localStorage yoki boshqa doimiy saqlashga yozilmaydi. Sahifani yangilasangiz yoki yopsangiz, matn o‘chadi. “×” tugmasi bilan ham tozalashingiz mumkin.
Tashqi xizmatlar
Sayt kodiga reklama, analitika, tashqi font, hisob ochish yoki kontakt yig‘ish formasi qo‘shilmagan. Sahifa o‘zining HTML, CSS, JavaScript va tasvir fayllarini yuklaydi.
Hosting
Sayt Cloudflare Pages orqali yetkaziladi. Cloudflare saytni ishlatish va himoyalash uchun IP manzil hamda tarmoq trafigiga oid texnik ma’lumotlarni qayta ishlashi mumkin. Demo’da terilgan matn so‘rovlarga qo‘shilmaydi. Batafsil: Cloudflare maxfiylik siyosati.
Android ilovasi
Ilova hozir ichki alpha bosqichida. Do‘konga chiqarishdan oldin ruxsatlar, SDK va kutubxonalar, backup hamda maxfiylik deklaratsiyasi real build bilan tekshiriladi.
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 23-oktabr.